s
USD: Rub: Eur:
2023-12-04 755

To'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari ustav kapitali miqdori oshiriladi

“Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste'molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–381-son, 30.11.2023-y.) qabul qilindi

 

 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan to'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'ladi.

 

 To'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori:

 

2024-yil 1-iyuldan – to'lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so'mni, to'lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so'mni;

 

2025-yil 1-iyuldan – to'lov tashkilotlari uchun 20 mlrd so'mni tashkil etadi.

 

“Milliy banklararo prosessing markazi” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushi to'liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti G.Madaminova

 

Мавзуга оид