s
Bugun UNICEF xalqaro bolalarni himoya qilish jamg'armasi hamda Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yana bir yangi loyihaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Loyihaning maqsadi : Xorazm viloyatining Bog'ot hamda Qo'shko'pir tumanlaridagi mahallalarda UNICEF loyihasi doirasida maktabgacha ta’limning muqobil, turli yoshdagi guruhlarini tashkil etish.
- Bog'ot tumanidagi "Yangi qadam" MFY binosida tashkil etilgan dastlabki muqobil guruhning ochilish tadbiridan fotolavhalar.
Tadbirda xurmatli mehmonlar: O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi o’rinbosari - Ten Yelena Gerasimovna, hamda
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi bo’lim boshlig’i - Xidirbayev Baxrom Baxtiyarovich kabi Maktabgacha ta'lim vazirligi xodimlari shuningdek UNICEF konsultantlari ishtirok etishdi.
Unicef loyihasi doirasida tashkil etilgan maktabgacha ta’limning muqobil, turli yoshdagi guruhlarida 25 nafar bolalar 3 soatlik mashg'ulotlar o'tkazishadi. Keyin 2-guruh uchun 3 soatlik mashg'ulotlar boshlanadi. Albatta bu yerda tarbiyachi va yordamchi tarbiyachining roli muhim.
Bog'ot va Qo'shko'pir tumanlarida ochilgan muqobil guruhlarning tantanali tadbiri bilan bir qatorda OAV vakillari va jurnalistlar, mahalliy blogerlar uchun PRESS - TUR ham tashkil etildi. Press-tur ishtirokchilari alternativ guruhlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
- Ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi ota-onalar bu guruhlarning tashkil etilganidan mamnun holda so'zga chiqdilar.
Bolajonlar Unicef va Maktabgacha ta'lim vazirligining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirda shuningdek, O’zbekistondagi UNICEF vakolatxonasi erta rivojlanish va ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi Nazarova Vazira Akramovna hamda O’zbekistondagi UNICEF konsultanti - Ismailova Muazzam Asrarovna ishtirok etdi.
✔️Loyihani qo'llab quvvatlagani va o'z yordamini ayamagani uchun tuman hokimlariga esdalik sovg'alari va TASHAKKURNOMALAR berildi.
Har bir guruhdagi mashg'ulot uchun zarur materiallar, o'yinchoqlar kerakli jihozlar barchasi UNICEF xalqaro bolalarni himoya qilish jamg'armasi tomonidan berilgan.
UNICEF loyihasi doirasida tashkil etilgan maktabgacha ta’limning muqobil, turli yoshdagi guruhlari pilot dastur hisoblanib, Xorazm viloyatida ilk bora ochildi. Loyiha o'zini oqlasa albatta butun Respublika bo'ylab davom ettirish ko'zlangan!
Xorazm viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi matbuot xizmati.