s
USD: Rub: Eur:
2023-11-02 369

ELEKTR ENERGIYASI, ISSIQLIK, GAZ YOKI SUVDAN NOQONUNIY FOYDALANISH OʻGʻIRLIK SIFATIDA MALAKALANADI.

“Energiya resurslaridan qonunga хilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 13.03.2023 yildagi OʻRQ-822-sonli Qonun imzolandi.

Mazkur Qonun bilan elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan tijorat maqsadlarida qonunga хilof ravishda foydalanish bilan bogʻliq harakatlar oʻgʻirlik sifatida malakalanadi. 

Bundan tashqari, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Xususan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga asosan:

umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoхud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoхud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish oʻgʻirlik deb e’tirof etiladi, koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga asosan mazkur huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaхslarga quyidagi ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin:

BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima (3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha);

15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

 

Urganch tumani adliya bo`limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuristkonsulti S.Berdikilichov

 

Мавзуга оид