s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 377

Pedagoglar faoliyatiga aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27.03.2023-yildagi “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-826-son Qonun imzolandi.

Ushbu hujjatga muvofiq:

Ta’lim tashkilotining pedagogik xodimini mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima qoʻllash jazosi belgilanmoqda;

xuddi shu qilmish uchun ilgari ma’muriy jazo qoʻllanilgandan keyin ta’lim tashkilotining pedagog xodimini mehnatga ma’muriy tarzda majburlash jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi va quyidagi jazolardan biri qoʻllaniladi: BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima;

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum etish; yoki 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari.

Xulosa o‘rnida shuni taqidlash kerakki, pedagog xodimlarning faoliyatiga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda, ya’ni jarima miqdorlari oshirilmoqda;

bir yil davomida qayta huquqbuzarlik sodir etganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq chorasini qoʻllash imkoniyati yaratilmoqda.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

 

Мавзуга оид