s
“Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
— ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
— ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
— qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
— yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
— ko‘chmas mulk ob’ektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
— yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi yoki kapital qurilish ob’ektining foydalanish maqsadi o‘zgarganda;
— o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari murojaat qilishi mumkin.
Bunda qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti YaIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.
So‘rovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini olib ketishga mas’ul shaxs ko‘rsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
Quyidagi hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi:
— ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
— ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz foydalanish maqsadi o‘zgarganda;
— kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
— so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
— ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
— ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
— vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Urazbayev Tursunboy