s
USD: Rub: Eur:
2023-09-25 365

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi imkoniyatlar.

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ular bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim va ijara shartnomalarini tuzish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YaIDXP), Davlat xizmatlari markazlari yoki maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga ko‘rsatiladigan quyidagi davlat xizmati turlariga nisbatan tatbiq etiladi:

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni tanlab olish (biznes-rejalar bo‘yicha xulosalar berish, yer maydonlari hamda bino va inshootlarni auksionga chiqarish);

maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim va ijara shartnomalarini tuzish.

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmati muvofiq ko‘rsatiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida yangi investitsiya loyihasini moliyalashtirish va amalga oshirish istagini bildirgan yuridik shaxslar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi yoxud bevosita Direksiyaga murojaat qiladi.

Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, muvofiq investitsiya buyurtmanomasi Davlat xizmati markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, Investor tomonidan tasdiqlanadi.

Investor YaIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, mustaqil ravishda investitsiya buyurtmanomasini to‘ldiradi.

Investor Direksiyaga mustaqil ravishda murojaat qilgan hollarda investitsiya buyurtmanomasi qog‘oz shaklida yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.

Investor investitsiya buyurtmanomasiga hujjatlar to‘plamini ilova qiladi.

Investitsiya buyurtmanomasiga ilova qilingan hujjatlar va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan tekshirib olinadi.

Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, barcha hujjatlar real vaqt rejimida Direksiyaga elektron shaklda yuboriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa, Investitsiya buyurtmanomasi avtomatik tarzda Direksiyaga yuboriladi.

Investor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanishi Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Investor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati ko‘rilmasdan qoldiriladi.

 

Qo‘shko‘pir tumani Adliya bulimi

davlat xizmatlari markazi

yetakchi mutaxassisi G.S.Mullaboeva

Мавзуга оид