s
Talabalarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq masalada ularni ko‘pincha o‘rindosh asosida rasmiylashtirish odat tusiga aylangan. Xuddiki, ish beruvchi talabani asosiy joyi o‘quv muassasasi deb o‘ylaydi.
Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida"gi nizomning 8-bandiga asosan Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilangan.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskosnulti J.Jumaboyev