s
USD: Rub: Eur:
2023-11-17 352

Sertifikati bor o‘qituvchilar qancha ustama oladi?

Umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi (https://t.me/uzedu/16495):

 

 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga

 ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

 

 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida.

 

 Bilimlarni baholash agentligining mazkur bandning to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilmagan milliy test tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.

 

Bunda, 2025-yil 1-yanvarga qadar chet tili fanidan kamida C1 darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik ustama 50 foiz miqdorida to‘lanadi;

 

Pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama – umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi;

 

Umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq foiz ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig`i B.Yusupov

Мавзуга оид