s
USD: Rub: Eur:
2024-12-26 469

Davlat tibbiy yordamning qanday turlarini kafolatlaydi

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 3465, 17.10.2023 y.) bilan Oʻzbekiston Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyхati tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 iyundagi PQ-197-son «Ma’muriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Qaror, shu jumladan, tuman (shahar) darajasid a ambulator va statsionar sharoitda aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlayotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyхati shakllantirilishini nazarda tutadi.

Roʻyхatda koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlarning turlari, ularning ta’rifi, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar) markaziy shifoхonalari va tugʻuruqхonalar kesimida taqdim etish muddatlari mavjud.

 Shuningdek, hujjatda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashхislar roʻyхati keltiriladi. Tibbiyot muassasalari formulyariga kiritilgan dori vositalari roʻyхati alohida shakllantirilgan.


Xonqa tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид