s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 978

Jinoyat ishlarida bepul advokatlar qanday yollanadi?

«Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qonundan kelib chiqib JPKning 50-moddasining 3-4-qismlari o‘rniga quyidagi mazmunda 3-11-qismlar kiritildi:

«Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan tanlangan himoyachining 24 soat ichida ishga kirishish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif qilishni tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi istalgan vaqtda ishga kirishishga haqlidir.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi sifatida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, sud esa ajrim chiqaradi va advokatning ishga kirishish vaqtini belgilaydi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi «Yuridik yordam» axborot tizimiga kiritiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokat «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tanlanadi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb qilishda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e’tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.

«Yuridik yordam» axborot tizimi orqali tanlangan hamda tegishli ishda o‘zining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarorida yoki sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.

 

«Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda advokat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.

Advokat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra yoki ularning roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif qilingan yoxud ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda himoyachini taklif qilish huquqidan foydalanish niyati bildirilgan hollarda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatni jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi».

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      M.Qo’zibayev

Мавзуга оид