s
USD: Rub: Eur:
2023-06-09 719

Elektron ishonchnoma olish tartibidan xabardormisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2022 PQ-311-son qarori, Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida

       2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi

    elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani (keyingi o‘rinlarda — elektron ishonchnoma) notarial tasdiqlash talab etilmaydi;

     elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun o‘rnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;

olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;

uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz.

      elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi; 

    elektron shaklda rasmiylashtirilmagan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarga nisbatan amaldagi notarial tasdiqlash tartibi saqlab qolinadi.

Hazorasp tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi

yetakchi mutaxassisi:  Otajanov Sarvarbek Kudrat o’g’li

Мавзуга оид