Dori vositalari bilan imtiyozli ta'minlanish huquqiga ega bo'lgan shaxslar toifalari:
- Onkologik kasalliklarga chalinganlar;
- Sil kasalligiga chalinganlar;
- Moxov kasalligiga chalinganlar;
- Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
- Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
- OIV kasalligini yuqtirganlar;
- Yurak klapanini protezlash va organlarni ko'chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
- O'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz pensionerlar;
- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti R.G`ulomov