s
Hukumatning 250-son qaroriga ilova qilingan "Vaqtinchalik tartib"ga asosan, har bir sektor bo‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:
Belgilangan tartibda kam taʼminlangan oila deb eʼtirof etilgan oilalar;
Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan aʼzolari mavjud oilalar;
Kam taʼminlangan yakka-yolgʼizlar va keksalar;
Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
Ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
Mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar
Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi