s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 457

Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi jadallashtiriladi

“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-72-son, 03.05.2024 y.)

Farmonga ko'ra,  pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027 yillar davomida:

tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;

respublikada ipak qurti urug'iga bo'lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;

respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.

Prezident Farmonida (PF–85-son) nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang'ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид