s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 773

2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi bilan belgilangan mas’ul idoralar va muassasalar uchun 2025 yilda "Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish" ustuvor vazifa etib belgilandi va quyidagi ishlash mexanizmlari joriy etildi:

2024 yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla-tuman-viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash;

kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish;

mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda "mahalla yettiligi" har bir vakilining aniq mas’uliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish;

aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish;

mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fukdrolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish;

mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha har bir mas’ul idora va muassasa tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari yuzasidan qat’iy so‘rov tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu masalaga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga ta’sir choralarini ko‘rib borish.

Mazkur qaror bilan:

2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi;

Mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda yangicha yondashuvlar asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini tashkil etish bo‘yicha viloyat darajasidagi manzilli chora-tadbirlarning namunaviy "yo‘l xaritasi";

Tuman (shahar) mahallalarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha manzilli chora- tadbirlarning namunaviy "yo‘l xaritasi";

Mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarning namunaviy "yo‘l xaritasi";

2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tizimini shakllantirishga qaratilgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.S. Matnazarova

Мавзуга оид