s
Hozirgi zamon talabiga mos kasblar egalari bular kimlar va ularga quyiladigan talablar ?
One Million Uzbek Coders "Bir million o’zbek dasturchsi" loyihasi siz uchun muhim zamonaviy kasblar egasi bo’lishga ko’maklashadi. Loyiha 2019- yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida bitimlar imzolanib 21- noyabr kni BIrlashgan Arab Amirligi Dubai Future Foundation fondi, Toshkent shahridagi INHa unversiteti, IT park va IT akademiyasi ko’magida ushbu loyiha tashkil etildi.Loyihaning maqsadi o’zbek tilida onlayin platform orqali yosh dasturchilarni yetkazib berishdir. Online platformada 4 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha kurslar tashkil etiladi, bular:
Anderoid dasturchisi Java,anderoid,studio kabi dasturlarni.
Fulstace web dasturchisi HTML,CSS,JS,Python,SQL dasturlarini.
FRONDEND web dasturchisi HTML,CSS,JS
Data Analytsda SQL, Matematika, Exsel,va hokozolarni o’rganish mumkin.
Bu kurslar 120 soatga mo’ljallangan bo’lib o’quvchilar har bir kursda videodarslar asosida dasrlarni ko’rib kuzatib boradi shu bilan bir qatorda kurs yakunida o’quvchilar amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlari bajarib bilimlarini mustahkamlaydi. Kurslarni muvafaqiyatli tugatgan har bir bitiruvchiga sertifikatlar beriladi, shu bilan bir qatorda100dan ziyod yuqori dasturlashni o’rganuvchilar uchun Nanodegree kurslarida imtihon asosida bepul ta’lim olish imkoniyati ham berilgan.
"Bir million o’zbek dasturchi" si milliy loyihasi doirasida tanlovlar ham tashkil etilgan bo’lib jumladan shu loyihada TOP 100 informatika fani o’qituvchilari o’quvchilari ko’p ishtirok etgan ustozlarga har yili may oyida loyiha doirasida pul mukofotlari. O’quvchilarga IT va yangi texnologiyalar mavzusida mualliflik maqolalar uchun va OMUCda faol ishtirok etganlar uchun 1500$ miqdorigacha pul mukofotlari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Shu bilan bir qatorda OMucni kichik jamoaviy tanlov va tadbirlari tashkil etilib o’quvchilar rag’batlantirilib kelinmoqda
O’quvchilar ushbu yo’nalishlarga o’qib maktab davridanoq OMUC jamoasi azosiga aylanishlari bilan bir qatorda TOP 10 talik kasblardan bo’lgan zamonaviy kasb egalari menejer, dasturchi,freelancer, grafik dizaynerlik bo’yicha mustaqil ishlab daromat topishlari mumkin.
Navoiy viloyat Navbahor tuman 17- maktab informatika va AT fani o’qituvchisi Tursunova Nazira