s
USD: Rub: Eur:
2023-07-26 374

Nikohsiz tug`ilgan chaqoloqlar qanday guvohnoma olishadi?

 

Farzand dunyoga kelishi har bir oila, onalar uchun quvonchli kun. Bu sana insonning butun umrlik hayotida davomida nishonlanib kelinadigan kun hisoblanadi. Afsuski, oramizda nikohsiz tug`ilgan chaqoloqlar ham bor. Ularning tug`ilganlik haqidagi guvohnomalari ikki xil ravishda otalik belgilanib yoki “yolg`iz ona” shaklida rasmiylashtirib beriladi. Ya`ni nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi (agar otasi voyaga yetmagan hisoblansa, u holda qonuniy vakili) tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi. Yana bir imkoniyat ham borki, alohida hollarda otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilmasdan oldin ham berilishi mumkin va bunday holatlarda bola tug‘ilgunga qadar uning tug‘ilgan vaqti va ismi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi. Otalikni ishonchnoma bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasining mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi. Bu holatda ya`n iota-onalardan biri ishtirok qilolmasa faqatgina imzosi tasdiqlangan holatdagina yo`l qo`yilishiga e`tibor berilishi lozim.

Yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolaning tug‘ilishini qayd etishda yolg‘iz (qonuniy nikohda bo‘lmagan) ona tomonidan FHDY organiga onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan yozma ariza taqdim etiladi. Agar tug‘ilgan bolaning onasi voyaga yetmagan bo‘lsa, tug‘ilishni qayd etish bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan onaning yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qayd etiladi. Bunda bolani tuqqan onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan birga yashash va o‘qish joyidan rasmi yelimlangan holdagi ma’lumotnomalar taqdim etilishi lozim. Yolg‘iz onaning arizasida ona va otaning familiyasi bir xilda — onaning familiyasi bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim. Bolaning familiyasi esa onaning familiyasi yoki milliy an’analarga ko‘ra ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha berilishi mumkin.

Yangibozor tuman FHDY bo`limi mudirasi:   Xolida Madaminova

Мавзуга оид