s
Nizom Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Reyestr vakolatli organ (Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan shakllantiriladigan ro'yxatdan iborat bo'lib, unga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo'yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo'yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g'oliblari to'g'risidagi;
majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo'lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
davlat xaridlari jarayonida yolg'on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida ma'lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar to'g'risidagi;
sudning qaroriga ko'ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar to'g'risidagi.
Insofsiz ijrochi Reyestrga kiritilganidan boshlab 2 yil muddat o'tgandan so'ng avtomatik tarzda Reyestrdan chiqariladi.
Insofsiz ijrochi sudning tegishli qaroriga ko'ra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i S.S. Matnazarova