s
USD: Rub: Eur:
2024-03-31 834

Bilasizmi

Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sudga shikoyat qilish mumkin

 

Prezident imzolagan Qonun (О‘RQ-910-son, 20.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartirishlar kiritildi

 

 Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bо‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

 

 Shuningdek “Xо‘jalik shirkatlari tо‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qо‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar tо‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonunlarga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish tо‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.

 

Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik

xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti                          D.Raximov.

 

Мавзуга оид