s
#befarqemasman
#referendum
Joriy yilning 30-aprel sanasida mamlakatimizda katta o'zgarish bo'lishi kutilmoqda. Chunki aynan shu sanada respublikamizda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan yangi o'zgartirishlar bo'yicha Referendum o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu referendumga bo'lgan e'tiborni va aholini siyosiy ongini oshirish, bo'layotgan o'zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan ham bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri sifatida barcha hududlarda Konstitutsiyamizga bag'ishlangan "Zakovat Quiz" o'yinlarni o'tkazilayotganini keltirishimiz mumkin.
Xorazm viloyati Zakovat klubida ham 31-mart kuni "Zakovat Quiz" o'yinining navbatdagi turi bo'lib o'tdi. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek ushbu tur Konstitutsiyamizdagi o'zgarishlarga bag'ishlandi va unda bir-biridan qiziqarli savollar o'ynaldi. 22 ta jamoa qatnashgan ushbu turda yakunda "Astron" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. O'yinda jami 200 nafardan oshiq qatnashchi qatnashdi va o'yin barchada iliq taassurot uyg'otdi.
"Zakovat Quiz" o'yinida:
1-o'rin - Astron jamoasi;
2-o'rin - Quiza Nostra jamoasi;
3-o'rin - URAL PRO MAX jamoalariga nasib etdi.
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi!
"Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanali: @ZakovatNNT