s
USD: Rub: Eur:
2024-08-07 849

“E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali mol-mulklaringizni soddalashtirilgan tartibda soting!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 526-sonli qaroriga asosan davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi belgilangan.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda “Bojxona-servis” davlat muassasasi tomonidan sotish uchun elektron savdo do‘koniga qo‘yilgan davlat daromadiga olingan mol-mulklarini elektron onlayn-savdoda ishtirok etish uchun elektron ariza yuborgan yuridik yoki jismoniy shaxslar savdolarda ishtirok etib sotib olishlari mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-oktabrdagi 540-sonli qaroriga asosan xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi belgilangan.

Mazkur qarorga asosan, o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan savdolar obyektini elektron do‘kon orqali sotish yoki ijaraga berish uchun jismoniy yoki yuridik shaxs xohishiga ko‘ra savdolar obyektini narxini oshirib borish tamoyilida yoki e’lon qilingan narxda sotish usuli orqali buyurtma yuborishlari mumkin.

Narxni oshirib borish tamoyili asosida o‘tkaziladigan savdolar kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.

Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi.

Ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida belgilanadi.

Ishtirokchilarning savdoda ishtirok etish bo‘yicha arizalari elektron do‘konda xabarnoma joylashtirilgan kundan savdo yakunlangunga qadar avtomatik tarzda qabul qilinadi.

Savdo qadamlari:

birinchi to‘rtta qadamda — savdo obyekti boshlang‘ich narxining 5 foizi miqdorida;

beshinchi va undan keyingi qadamlarda — savdo obyekti boshlang‘ich narxining 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Boshlang‘ich narxi xabarnoma joylashtirish paytida bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan savdo obyekti realizatsiya qilingan taqdirda, savdoning barcha qadami, savdo obyekti boshlang‘ich narxining 2 foizi miqdorida belgilanadi.

Savdolarni o‘tkazilish muddatlari:

Savdolar elektron do‘konda xabarnoma e’lon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da boshlanadi va besh ish kuni davomida, oxirgi ish kuni 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Agar lot narxini oshirish bo‘yicha taklifni oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi savdoni o‘tkazish vaqti yakunlanishiga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, savdolarni o‘tkazish vaqti oxirgi tasdiqlangan paytdan boshlab o‘n daqiqaga uzaytiriladi hamda keyingi har bir taklif savdoni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa davomida keying oshirilgan lot narxi bo‘yicha taklif ishtirokchilarning birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, savdolar yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi savdo g‘olibi deb topiladi.

“E-auksion shop” elektron savdo do‘konining qulayliklari:

“E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali o‘zingizga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklaringizni ikki milliondan ortiq foydalanuvchisi mavjud bo‘lgan platformaga bepul joylashtirishingiz mumkin.

Soddalashtirilgan tartib va muddatlarda davlat daromadiga olingan mol-mulklarni va xususiy mulkdorlar mol-mulklarini sotib olishingiz mumkin.

Qiymati to‘liq to‘langan savdo obyektlari bo‘yicha bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Bunda shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

 

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil 

etish” AJ Xorazm viloyati vakili J.Botirov

Мавзуга оид