s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 498

“Kelajak” markazlari tizimi samarali tashkil etiladi

 

Qarorga ko'ra, “Kelajak” markazlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:

 shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat o'quv markazlarini jalb etgan holda to'garaklar tashkil etish;

 ota-onalar badali to'lovini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika bo'yicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish.

2026-yil 1-yanvardan “Kelajak” markazlarida o'qiganlik uchun ota-onalar badali to'lovining minimal miqdorlari qayta ko'rib chiqiladi.

“Kelajak” markazlari kontingent soni bo'yicha ikkita guruhga ajratiladi.

Bunda kontingent soni 600 nafargacha bo'lgan “Kelajak” markazlari – II guruhga, 601 nafar va undan ortiq bo'lganda – I guruhga tegishli hisoblanadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

 markazlardagi to'garaklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yo'nalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;

 inklyuziv to'garaklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq to'lanadi.

Ijtimoiy inspeksiya Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi M.M.Rustamov

Мавзуга оид