s
Kimlar davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanadi?
Davlat xizmatchilarini «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun normalari bilan tanishtirib boramiz!
▪️ Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 8 avgust kuni (№ O‘RQ—788) (https://t.me/hrassistant_uz/91) imzolangan.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotadi.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev