s
USD: Rub: Eur:
2023-06-06 437

IJTIMOIY TA’MINOT HUQUQINI TA’MINLAYDIGAN KONSTITUTSIYA

 

Yangi qabul qilingan Konstitutsiyada ijtimoiy ta’minot huquqi yanada kafolatlanganligini ko‘rishimiz mumkin.

Xususan, Yangi qabul qilingan Konstitutsiyada quyidagilar belgilangan:

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir;

Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish choralarini ko‘radi;

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratadi;

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni moneliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi;

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi;

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi;

Hukumat aholini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni
ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydi;

Fuqarolarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepul
ko‘rsatiladi;

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan pensiya, nafaqa va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.

Bog‘ot tuman adliya bo‘limi

boshlig‘i S.Qalandarov

Мавзуга оид