s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 719

Direktor o‘rinbosari shtati qachon 2 shtat birligi bo‘ladi?

Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi 406-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan Umumiy urta ta’lim maktablari va ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar boshqaruv, texnik, xizmat kursatuvchi  va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga muvofiq maktabda sinflar soni 30 va undan ortiq bo‘lganda:

 Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari buyicha urinbosari shtati – 1.5;

Direktorning o‘quv ishlari buyicha o‘rinbosari shtat birligi – 1.5 birlikdan iborat bo‘ladi.

Sinf komplektlari yuqori bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ayrim fanlar chukur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari qo‘shimcha ravishda quyidagi miqdorlarda kiritiladi:

➖ 40-49 sinf komplektlari bo‘lganda 0,5 birlikdan;

➖ 50 va undan ortiq sinf komplektlari bo‘lganda 1,0 birlikdan.

 Shunga ko‘ra sizlardagi holatda sinflar soni 40taga yetgandagina direktor o‘rinbosari shtat birligi 2 birlikni tashkil etadi.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      J.Jumaboyev

Мавзуга оид