«Temir daftar» — ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.
- Temir daftarga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:
- kam ta’minlangan oila, deb e’tirof etilgan oilalar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
- kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
- boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
- ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
- mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
- tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud etarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti T.Rajabov