s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 719

XODIM O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYOTGAN JOYIDAN MALAKA OSHIRISHGA YUBORILISHI QONUNIYMI?

Assalomu alaykum sizga bir savol bn murojaat qilyapman Men maktabda tashqi o'rindosh asosida ishlayman maktab mamuriyati meni malaka oshirishga 1 oy muddatga yuboryapti shu qonunga muvofiq to'g'rimi lekin boshqa joyda ishlamayman shu savolimga javob beraolasizmi oldindan raxmat.

JAVOB

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ilova “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 71-bandi 2-xatboshida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati tizimdagi barcha xalq ta’limi muassasalari hamda xalq ta’limi bo‘limida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning malaka oshirish bo‘yicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlashi va nazorat qilishi lozimligi qayd etilgan.

Mazkur asosaga ko‘ra xodim asosiy ish joyi bo’yicha malaka oshirishga yuboriladi. O’rindoshlik asosida ishlayotgan joyi bo‘yicha emas.

 

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev

Мавзуга оид