s
Konunchilikka kо‘ra, kafillik shartnoma bо‘yicha boshqa shaxsning majburiyatini tо‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni о‘z zimmasiga olish hisoblanadi.
Shuningdek, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bо‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar tо‘laydi, qarzni undirib olish bо‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi tufayli kreditor kо‘pgan boshqa zararlarni tо‘laydi.
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Yozma shaklda tuzilmagan kafillik shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev