s
“Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-14-son, 17.01.2024-y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, 2024-yil 1-maydan:
Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o'zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari belgilanadi;
daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallari qazib olish huquqini faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi;
daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallari qazib olishni taqiqlash va tog'li yoki tog'oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlari tashkil etiladi.
☑ Moratoriy davrida daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag'al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo'llaniladi.
Ekologiya vazirligiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:
daryo o'zanlaridan qum-shag'al materiallarini qazib olishni monitoring qilish va bu borada doimiy reydlar o'tkazish, tartibni buzgan shaxslarga nisbatan choralar ko'rib borish;
daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazib olish faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan barcha subyektlar tomonidan tegishli majburiyatlarning bajarilishini qat'iy nazoratga olish.
2024-yil 1-aprelgacha tog' va tog'oldi hududlarida muqobil noruda foydali qazilma konlari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo'yicha 2030-yilgacha mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
2024-yil 1-oktabrgacha davlat kosmik monitoringi doirasida daryo o'zanlari, sohil bo'yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarni qazish hamda daryo o'zanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini aniqlash va tegishli ma'lumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish tizimi yaratiladi.
2024-yil 1-iyungacha Chirchiq daryosi o'zanini ekologik reabilitatsiya qilish bo'yicha kompleks loyiha ishlab chiqiladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi