s
08.09.2023-yilda “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Qarori qabul qilindi.
2023-yil 1-oktyabrdan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi. U Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi va Respublika “Ona va bola skrining” markazi negizida faoliyat yuritadi. Hududiy perinatal, aholi reproduktiv salomatligi hamda “Ona va bola skrining” markazlari negizida Markazning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Respublikada onalar salomatligini muhofaza qilishning takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj tizimini joriy qilish, unga ko‘ra birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari” quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
o‘zlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil etadi;
Markazning Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari:
Respublika perinatal markazi erta tug‘ish xavfi bo‘lgan homiladorlarga, shuningdek, muddatiga yetmasdan (22-28 haftalik) tug‘ilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi, shuningdek, alohida tibbiy ko‘rsatmalarga asosan homiladorlar va chaqaloqlarga Markazning hududiy filiallarida konsultativ yordam beradi hamda zarur hollarda ularga tibbiy statsionar yordam ko‘rsatadi.
Qarorga asosan quyidagilar 2026 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi:
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hududiy tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinishi rejalashtirilgan tibbiy jihozlar taqsimoti nazarda tutilmoqda.
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Berdikilichov