s
SAVOL.
Yangi kodeksga yangilik sifatida ish haqi qisman saqlangan xolda ta’til kiritildi. Bunday ta’tillarni kimlarga bera olamiz?
JAVOB.
Yangi Mehnat kodeksining 240-moddasida bu yangi ta’til turi keltirilgan bo‘lib, bu ta’tillar kimlarga va qancha miqdorda berilishi jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida xodimga belgilanishi mumkin.
Bundan tashqari xodimning qisman saqlanadigan ish haqining miqdori va har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilni qo‘shish yoki qo‘shmaslik to‘g‘risidagi masalasi ham jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Davlatboyev G’olib