s
➖mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash tо‘g‘risida talablarni buzish;
➖ish beruvchi tomonidan ishga taklif etilgan shaxsni ishga qabul qilmaslik;
➖ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bо‘lgan shaxsni (ish о‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga ishga yuborilgan shaxsni, ish beruvchi alohida asoslar bо‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxsni, u qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
➖homiladorlik yoki farzandi borligi bilan bog‘liq sabablarga kо‘ra ishga qabul qilmaslik;
➖sudlanganligi, shu jumladan tugallangan va olib tashlangan sudlanganligi sababli ishga qabul qilmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi, shu jumladan tugallangan sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik.
Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Boltyaev