s
USD: Rub: Eur:
2023-07-18 318

Xorazm viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy ma'lumot

Xorazm viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 2-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1441 ta murojaatlar, shundan 417 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 268 tasi huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlashga oid, 532 tasi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid, 140 tasi notariat, advokatura va huquqiy xizmat ko‘rsatish va yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, 12 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, boshqa sohalar bo‘yicha 72 ta murojaatlar kelib tushdi.

 Kelib tushgan murojaatlarning 1109 tasi hal etildi, 282 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi, 6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 44 tasi hozirda ko‘rib chiqilmoqda.    

 

Kelib tushgan murojaatlarning 1109 tasi ya’ni, umumiy kelib tushgan murojaatlardan 77 %i  hal etilib, shundan 584 murojaat ya’ni hal etilgan murojaatlar sonidan 52 % qanoatlantirildi, 525 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 44 ta taqdimnoma, sudlarga 61 ta da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 16 mlrd 682 mln 432 ming so‘mlik pul mablag‘lari undirildi. Shuningdek, 5 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallariga asosan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillaridan jami 137 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 89 ta, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid
19 ta, notariat, advokatura va huquqiy xizmat ko‘rsatishga oid 6 ta,  nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 2 ta va davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid
21 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘limlari tomonidan o‘rganib chiqilib, 107 tasi hal etildi, hal etilgan murojaatlarning 47 tasi qanoatlantirildi, 60 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.

 

 

  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING VIRTUAL VA XALQ QABULXONASI ORQALI KELIB TUSHGAN MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH NATIJALARI BO‘YICHA:

Xorazm viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 2-choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 702 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 504 tasi (72 %) xal etildi, 138 tasi (20 %) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborildi,  4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 56 tasi (8 %) hozirgi vaqtda ko‘rib chiqilmoqda.

Hal etilgan murojaatlarning 155 tasi (31 %) qanoatlantirildi, 349 tasiga (69 %) huquqiy tushuntirish berildi.

 

 

TUMAN (SHAHAR) ADLIYA BO‘LIMLARI TOMONIDAN MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQILISHI VA HAL ETILISHIGA ETIBOR QARATADIGAN BO‘LSAK, QUYIDAGICHA NATIJALARGA ERISHILGANLIGI KUZATILADI:

 

  1. Shikoyatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

Hisobot davrida jami 622 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 555 tasi (89 %) xal etilib, shundan 382 tasi (69 %) qanoatlantirildi, 173 tasiga (31 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan shikoyatlarning 25 tasi (4 %) taalluqligi bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborildi, 42 tasi hozirda ko‘rib chiqish jarayonida.

 

  1. Arizalarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

2023-yilning 2-chorigi davomida jami 529 ta (shundan hisobot davri boshidan qoldiq bo‘lib o‘tgan murojaatlar soni 9 ta), ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 443 tasi(83 %) xal etilib, shundan 213 tasi (54 %) qanoatlantirilgan, 230 tasiga (46 %) huquqiy tushuntirish berilgan, 42 tasi (9.6 %) taalluqligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 5 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 39 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

 

Rasulbek IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi

Мавзуга оид