s
USD: Rub: Eur:
2023-11-15 598

Keksa yoshdagi shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

 

Prezidentning 2022 yildagi 167-son qaroriga asosan;

 

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;

 

sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

 

og‘ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;

 

keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;

 

davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

Мавзуга оид