s
USD: Rub: Eur:
2025-12-23 547

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilmoqda

         Keyingi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilishga, ularning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan kafolatlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibini belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishini, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirishga xizmat qiladi va oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamgʻasidan holi tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratadi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Tuproqqal
a tuman sudining
devonxona mudiri

E.Atoxonov



Мавзуга оид