s
USD: Rub: Eur:
2023-11-02 473

Yangi turmush qurgan yoshlarga o'z xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 637-sonli qarori qabul qilindi.
 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so'mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

Kredit (https://lex.uz/docs/5676240#5676459) quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

bozor stavkasida mijoz xohishiga ko'ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
20 yildan ko'p bo'lmagan muddatga;
boshlang'ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda.

Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo'lishi lozim, jumladan:

kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan bo'lishi;

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo'lishi lozim);

daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo'lishi.

Urganch tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Berdikilichov

Мавзуга оид