s
Hukumat qarori (544-son, 17.10.2023 y.) bilan , maxsus o'quv kursidan o'tganligi haqida sertifikatga ega bo'lgan va Reestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs (talabgor) doimiy yoki vaqtincha ro'yxatdan o'tgan manzilidan qat'i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz)dan ruyxatdan o'tadi.
Zarur ma'lumotlar so'rovnomaga kiritilgandan so'ng talabgor ma'lumotlarning to'g'riligini tekshiradi hamda imzolaydi.
Davlat xizmatlarini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.
Talabgor murojaat etganda, uning so'rovnomasi to'ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so'ng 10 daqiqada tegishli hududiy adliya organiga elektron shaklda yuboriladi.
Professional mediatorlar reestri elektron shaklda shakllantiriladi va yuritiladi.
Professional mediator quyidagi hollarda Reestrdan chiqarilishi mumkin:
Reestrdan chiqarish to'g'risida ariza bilan murojaat etganda;
vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
davlat vazifalarini amalga oshiradigan lavozimga tayinlanganda yoki saylanganda, notariuslar bundan mustasno;
mediatorga nisbatan jinoiy ta'qib amalga oshirilayotganda;
bir yildan ortiq muddat mobaynida u to'g'risida ma'lumot olish imkoni bo'lmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga ko'ra;
doimiy yashash uchun O'zbekistondan tashqariga chiqib ketganda.
Professional mediator Reestrdan hududiy adliya organining qarori asosida chiqariladi.
Mazkur reglament 2024 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi.
NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH SOHASIDAGI HUJJATLAR TIZIMLASHTIRILADI
Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to'g'risidagi nizom;
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari xodimlarining sonini belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari;
Tug'ilganlikni qayd etish bilan bog'liq kompleks davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti;
O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti.
Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o'lim haqidagi gerbli guvohnomalar hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yig'imi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.
Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug'ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig'imi undirilmaydi;
FHDYO organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusxada tuziladi va FHDYO organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish, jinsni o'zgartirish kabi voqea va faktlar yuqorida sanab o'tilgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli o'zgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi.
RASULBEK IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi