s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 991

TEMIR DAFTARGA KIMLAR KIRITILADI ?

Hukumatning 250-son qaroriga ilova qilingan "Vaqtinchalik tartib"ga asosan, har bir sektor bo‘yicha mahallabay “Temir daftar”ga quyidagi toifadagi oilalar kiritiladi:

 Belgilangan tartibda kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar;

 Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;

 Kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;

 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;

 Ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;

 Mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

 Tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar

 Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalarga

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti       G’.Davlatboyev

Мавзуга оид