s
USD: Rub: Eur:
2023-12-07 722

О‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan О‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kuyidagi о‘zgartirishlar kiritildi.

1) 186-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«Iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni о‘tkazish maqsadini kо‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud о‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar kо‘rsatish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘sha harakatlar:

  1. a) juda kо‘p miqdorda;
  2. b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  3. v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bо‘lsa;
  4. g) badanga о‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bо‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan tо‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘sha harakatlar odam о‘lishiga sabab bо‘lsa, —

besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘sha harakatlar:

  1. a) odamlar о‘limiga;
  2. b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bо‘lsa, —

yetti yildan о‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

2) 1861-modda quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«1861-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish

Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin sodir etilgan bо‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan tо‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan tо‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

  1. a) kо‘p miqdorda;
  2. b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  3. v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
  4. g) xizmat lavozimini suiiste’mol qilish yо‘li bilan sodir etilgan bо‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining tо‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

  1. a) juda kо‘p miqdorda;
  2. b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini kо‘zlab sodir etilgan bо‘lsa, —

yetti yildan о‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini kо‘p miqdorda yoki juda kо‘p miqdorda qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoxud ishlab chiqarishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yо‘li bilan homiylik qilish, —

yetti yildan о‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

 

 

Xonqa tumani yuridik xizmat

kо‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                  D.O.Raximov.

 

 

Мавзуга оид