s
Aliment to‘lovchi bo‘lgan shaxs, chet elga chiqishi uchun quyidagi uchta holatlardan birini amalga oshirgan holda taqiqni bekor qilishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasiga asosan undiruvchining ya’ni sobiq turmush o‘rtog‘ini roziligi ya’ni ijroni to‘xtatish haqidagi arizasiga asosan;
Voyaga etmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BXM) 250 baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Davlat ijrochisining O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish hamda prokuror tomonidan keltirilgan protest asosida taqiq olib tashlanishi mumkin.
Alimentlar summasini oldindan to‘lash yoki alimentlar to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov taqdim etish faqat qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda amalga oshiriladi.
Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi