s
Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
Farmonga ko'ra, aholi va tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasidagi huquqlarini himoya qilish maqsadida:
2024-yil 1-iyuldan:
elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi;
intellektual mulk obyekti ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi QR-kod bilan muhofazalangan elektron hujjat berish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berildi:
intellektual mulk to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda xulosa berish;
kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash bo'yicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar o'tkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qo'yish va yo'q qilish;
intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshirishlarni vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirish.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi