s
Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi
Hukumat qarori (613-son, 20.11.2023 y.) bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi
Unga ko'ra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, o'zining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikasiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma'lumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko'ra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.
Ariza beruvchi so'rovnomada ko'rsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori bo'lmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.
Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov o'rnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
Elektron shaklda QR-kod qo'yilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
▫️ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
▫️ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
▫️ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan so'ng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
▫️ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
▫️avtomototransport vositasining mulkdori o'zgarganda.
Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Xasanov