s
Bilasizmi,
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 222-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qо‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qо‘shib jamlanadi.
Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan cheklov qonunchilikda nazarda tutilmagan, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ish beruvchining kasaba uyushmasi qо‘mitasi bilan kelishuvga kо‘ra qabul qilingan ichki hujjatlarida yoxud mehnat shartnomasida belgilangan mehnat ta’tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Xonqa tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Z.Xaitov