s
USD: Rub: Eur:
2023-11-22 191

Turar joy arendasi shartnomasi

Turar joy fuqarolar va yuridik shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida berilishi mumkin. Yuridik shaxs turar joydan faqat fuqarolar yashashi uchun foydalanishi mumkin.
Turar joy arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro‘yxatdan o‘tkazilishi) lozim.
(O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 108, 366-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom.)
Turar joy arendasi shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;
turar joy arendasining muddatlari;
turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to‘lash muddatlari;
arendaga beruvchi arendaga berayotgan turar joyning, muhandislik qurilmalarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
shartnoma muddati o‘tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish tartibi;
arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha taraflarning majburiyatlari;
arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi;
taraflarning javobgarligi.
Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo‘yicha qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.

Hazorasp tuman adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti  Z.Niyozmatov

Мавзуга оид