s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 274

Ishga qabul qilinayotgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga dastlabki sinov belgilanmaydi

 Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:

 

 (https://lex.uz/docs/6257288#6260620)▫️ homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

 

▫️ zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

 

▫️ davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

 

▫️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

 

▫️o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

 

▫️ 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

 

▫️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

 

▫️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;

 

▫️jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

 

Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev

Мавзуга оид