s
Yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi
Farmonga ko'ra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o'qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;
Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.
✅ Quyidagi institutlar tashkil etiladi:
➖Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
➖Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi