s
USD: Rub: Eur:
2024-12-26 689

Dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng ko'p o'lchami oshirildi.

"O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo'jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o'lchamini oshirishga qaratilgan o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ–876-son, 09.11.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Yer kodeksi hamda "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirish va ko'shimchaga ko'ra, dehqon xo'jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo'lgan o'lchamda yer uchastkalari beriladi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

 

Мавзуга оид