s
USD: Rub: Eur:
2023-10-28 382

Nogironligi bo‘lgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qat’iy nazar tayinlanadi

 

Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023-y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi

 

Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:

 

  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
  • davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga;
  • davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga.

Shunga ko‘ra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

 

  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
  • parvarishlash nafaqasi;
  • nogironlik nafaqasi;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • yoshga doir nafaqa.

 

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.

 

Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig`I B.Yusupov

Мавзуга оид