s
USD: Rub: Eur:
2024-12-29 778

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa qanday holatlarda to‘xtatiladi?

 Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga etgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda 1113 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga asosan quyidagi holatlarning biriga ko`ra bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘xtatiladi: https://lex.uz/ru/docs/-804668 a) parvarishdagi bola ikki yoshga to‘lganda; b) bola to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan maxsus muassasalar (mehribonlik uyi)ga joylashtirilganda; v) bola vafot etganda; g) oila bola bilan birga doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketganda. Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi shaxs, nafaqa to‘lovini to‘xtatishga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelganda, nafaqa to‘lovini amalga oshirayotgan organlarga xabar berishi shart. Nafaqa oluvchi vafot etgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki bola vasiylikdan qaytarib olingan taqdirda nafaqa bolani haqiqatda parvarish qilayotgan shaxsga tayinlanadi va oxirgi nafaqa to‘langan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti  X.Matkarimov

Мавзуга оид