s
USD: Rub: Eur:
2024-11-15 798

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar qaysilar?

“Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorg asosan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar va ma’lumotlar ro‘yhati keltitirilgan.

  1. Doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.
  2. Oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bolalar soni va ularning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, turmush qurganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.
  3. Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
  4. Oilaning (oila a’zolarning) rasmiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
  5. Ko‘chmas mulkning mavjudligi, ko‘chmas mulk hajmi, foydalanuvda bo‘lgan erning boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
  6. Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
  7. Pensiya va nafaqa ko‘rinishidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
  8. Mehnat faoliyati bilan vaqtincha shug‘ullanish imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarishga muhtoj oila a’zosining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
  9. Bank plastik kartasining mavjudligi, to‘lovlar va vedomostlarni yuborish, to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlar, oila a’zolariga kelib tushgan pul o‘tkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
  10. Oila a’zolarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.
  11. Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi), o‘qish turi (davlat granti, to‘lov kontrakt) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      Y.S.Xo’jamuratova

Мавзуга оид